
"Barselona" va "Ayaks" himoyachi Sergino Dest borasida kelishuvga erishishdi. Ondo Cero Radio xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi 20 million evro evaziga Kataloniya klubiga o'tadi.
Shuningdek, yana 5 million evro bonus sifatida to'lanishi mumkin.
Ma'lumot uchun, amerikalik futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda "Ayaks" tarkibida 35 uchrashuvda 2 ta gol va 6 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Destning narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikrlar 0