
«Barselona» hujumchisi Luis Suares «Atletiko» a'zosiga aylanadi, deya xabar tarqatdi jurnalist Fabritsio Romano.Manbaga ko'ra, klublar vakillari kecha o'zaro uchrashib, kelishuvga erishishdi. Yaqin kunlarda urugvaylik futbolchi "matraschilar" safiga ko'chib o'tadi. Avvalroq "ko'k-anorranglilar" prezidenti Jozep Bartomeu futbolchini «Atletiko»ga bepul qo'yib yuborishni istamayotgani haqida xabar tarqatilgan edi.
Fikrlar 0