
"Ajax" o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest "Barcelona"ga o'tishga yaqin.
Ishonchli muhbirlardan biri, Guillem Balaguening xabar qilishicha, 19 yoshli AQSh terma jamoasi o'yinchisi kelasi hafta boshida Kataloniya klubiga o'tishi kerak.
Oldinroq malum bo'lganidek, "ko'k-anorranglilar" Dest bilan 5 yillik shartnoma imzolashadi va uning uchun 20+5 million evro miqdorida mablag' to'lashadi.
Eslatib o'tamiz, Dest "Ajax" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u AQSh terma jamoasida 2019-yildan buyon to'p suradi.
Fikrlar 0