
Yarim himoyachi Miralem Pyanich "Barselona"dagi dastlabki uchrashuvini o'tkazdi.
La Liganing 3-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida u Serxio Buskets o'rniga maydonga tushdi.
Shuningdek, ushbu o'yinda kataloniyaliklar safida yarim himoyachilar Fransishku Trinkau va Pedrilar ham debyut qilishdi – ular ham zaxiradan o'yinga qo'shilishdi.
Eslatib o'tamiz, Pyanich "Barselonag" "Yuventus"dan, Trinkau "Braga"dan, Pedri esa "Las-Palmas"dan o'tgan edi.
✅ Debut for Trincão✅ Debut for @Pedri ✅ Debut for @Miralem_Pjanic C O N G R A T S ! ???? pic.twitter.com/6Awk9qaCHz
— FC Barcelona (@FCBarcelona) September 27, 2020
Fikrlar 0