Ansu Fati o'tgan mavsumda Barcelonada debyutini amalga oshirgandan buyon, 34 ta o'yinda 10 ta gol urishga erishdi.
Cadena SER ma'lumotlariga ko'ra, 17 yoshli futbolchining buncha gol urishi uchun, atigi 15 ta aniq zarba yo'llashi yetarli bo'lgan.
Fati LaLiga 2020/21-mavsumni "Villareal"ga qarshi dubl bilan boshladi.
Shunga qaramay, Ansuga o'yinning eng yaxshi o'yinchisi maqomi berilmadi, chunki liganing asosiy homiysi Budweiser pivo kompaniyasi, Fati esa voyaga yetmagan edi.
Fikrlar 0