Cat Radio xabariga ko'ra, Fatining "Villareal"ga qarshi uchrashuvda qayd etgan natijalari "Barcelona" bilan shartnomasi borasida yanada ko'proq muammolarni keltirib chiqardi.

Klub rahbariyati, futbolchi 18 ga to'lishi bilan, shartnomasi 2024-yilga qadar uzaytirilishiga ishonchi komil. Voyaga yetmagan futbolchilar uzoq muddatli shartnoma imzolay olmaydi, shuning uchun Fatining shartnomasi 2022-yilda o'z yakuniga yetadi. Biroq Ansuning yangi agenti, Jorge Mendesh buning imkoni yo'qligini va shartnoma bir tomonlama uzaytirilishi mumkin emasligini ta'kidlamoqda.

Ansu "Barca" bilan dekabr boshida shartnoma imzolagan va Leo Messining akasi Rodrigo uning agenti sifatida ish olib borgan edi.