Marca nashri, "Celta"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida "Barca" bosh murabbiyi Ronald Koeman Messining klub bilan hammasi yaxshi ekanligi haqidagi gaplariga to'htalib o'tdi. 

"Messining aytgan gaplaridan so'ng hayotim yaxshiroq bo'ladimi yo'qmi bilmayman. O'ylashimcha bunday bo'lmaydi", - dedi Koeman, Messining yaqinda Barcelona bilan yarashgani haqida aytgan gaplariga javoban.

"Barcelonada doim nimadir sodir bo'ladi. Messini baxtli qilish uchun, o'yinlarda g'alaba qozonish kerak", - deb qo'shimcha qildi gollandiyalik muttahasis.

Ma'lumot uchun, bundan bir necha kun avval Messi Barcelona bilan hammasi yaxshi ekanligi va bor e'tiborini klubga qaratishi haqida gapirgan edi.