Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Kataloniyaning "Barselona" hujumchisi Usmon Dembele bilan baribir shartnoma imzolamaydi deya xabar tarqatmoqda Mundo Deportivo.

Nashrning yozishiga qaraganda, "qizil iblislar" futbolchini faqat ijaraga olmoqchi, "ko'k-anorranglar" va frantsiyalik futbolchining o'zi transferni to'lib sotib olinishini talab qilmoqda.

Evropada transfer oynasi dushanba kuni yopiladi, va tomonlar bunday qisqa muddat ichida murosaga kela olmasliklari ehtimoli juda yuqori.