
AQShlik himoyachi Serjino Dest Kataloniyaning «Barselona» klubiga ko'chib o'tganidan afsusda emasligini yashirmadi.
«Bu erga ko'chib o'tishimni eshitib ajoyib his-tuyg'ular bilan yashadim. «Barselona» klubida o'ynash — ulkan imtiyoz. Orzularim amalga oshganidan juda ham xursandman.
Bu erga kelishim sayyoramizning eng yaxshi futbolchilar bilan birga o'ynash istagi borligidan dalolat beradi. Shuningdek, "Barselona" bilan birgalikda ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishni xohlayman», — dedi Serjino Dest.
Fikrlar 0