Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo faoliyatini Germaniya chempoinatida davom ettirishi mumkin.

RAC1 portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 20 yoshli hisoyachining xizmatiga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Todiboga APL vakili - "Fulxem" ham qiziqayotgandi. Londonliklar kataloniyaliklarga himoyachi borasida rasmiy so'rovnoma ham yuborishga ulgurishdi.

Todibo "Barselona" safiga 2019 yilning yozida Frantsiyaning "Tuluza" klubidan 1 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. U "ko'k-anorranglilar" tarkibida atigi 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

2019/2020 yilgi mavsumni Germaniyaning "Shalke" klubida ijara asosida o'tkazdi.

Transfermarkt portali frantsiyalik himoyachining transfer narxini 14 million evro atrofida baholamoqda.