"Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todibo "Benfika"ga ijara asosida o'tdi. Bu haqda Portugaliya jamoasining rasmiy tvitteri ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha "burgutlar" 2 million evro to'laydigan ijara shartnomasi ikki yilga mo'ljallandi.

Shuningdek "Benfika"da futbolchini 20 million evroga sotib olish imkoniyati mavjud.