
Yangi mavsumda «Barselona» futbolchilariga raqamlar taqsimlandi. Luis Suares «Atletiko»ga o'tib ketganidan keyin bo'shab qolgan 9-raqamni forvard Martin Breytueyt oldi. Bungacha mazkur futbolchi 19-raqamda o'ynab kelayotgan edi.Himoyachi Ronald Arauxo esa Rakitichdan keyin bo'shagan 4-raqamni olgan bo'lsa, yarim himoyachi Rikard Puch 12-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi. Yarim himoyachi Mateus Fernandesga 19-raqam nasib etdi.
Fikrlar 1
Menimcha boshqa raqam ni olsa yaxshi bo'lardi