Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua  Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida fikr bildirdi.  

"Mening fikrimcha, ularning ikkisi ham boshqa dunyodan. Krishtianu – ko'proq atletizm, kuch, tezlik. U gol sezish mahoratiga ega va joy tanlashni biladi. 

Bu gaplar Messiga ham tegishli. U biroz iqtidorliroq, kutilmaganda qochishni, to'rta himoyachini aldab o'tishni biladi...

Ammo ularni taqqoslab bo'lmaydi va men ulardan birini kuchli deya olmayman. Ularga qarshi o'ynaganimdan faxrlanaman. Albatta, ikkisi ham menga gol urishgan", - dedi darvozabon.