Kataloniya hukumati «Barselona» muxlislarining Evropa chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan «Ferentsvarosh»ga qarshi o'yinda stadionga kirishiga ruxsat bermadi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.«Ko'k-anorranglilar» EChL bahsiga ma'lum miqdordagi ishqibozlarni kiritishni rejalashtirishgan edi. Ammo hukumat bunga qarshi chiqdi.«Barselona» joriy mavsum oxiriga qadar muxlislar uchun tribunalarni ochmoqchi, ammo ayni paytda buning imkoniyati yo'q. Kataloniyada koronavirus bilan bog'liq vaziyat yaxshi emas.