Kataloniyaning «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi Jerar Deulofeu dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim degan savolga javob qaytardi.

«Men uchun Ronaldino tarixning eng kuchli futbolchisi. Men u bilan yaqinda «Kamp Nou»ga o'yin tomosha qilish uchun borganida uchrashgandim, mening yonimda o'tirgan edi.

Messi ajoyib futbolchi, u menga yoqadi. Messi bilan olti oy birga o'ynadim, u nafaqat ajoyib futbolchi, balki, yaxshi insondir. Messi haqida butun dunyo biladi. Biroq, Ronaldino baribir eng kuchli futbolchi.

Ronaldu? Yana bir ajoyib futbolchi. Ammo, u ham Ronaldinoning yonida Messi singari futbolchi», — dedi Deulofeu.