«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Evropa chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan «Ferentsvarosh»ga qarshi o'yinda (5:1) gol urishga muvaffaq bo'ldi.33 yoshli futbolchi EChLda ketma-ket 16 mavsumdan beri gol urayotgan ilk futbolchiga aylandi. «Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Rayan Giggz ham Chempionlar ligasining 16ta mavsumida gol urgan. Faqat uelslik futbolchi bu ishni ketma-ket amalga oshirmagan.Messi faoliyati davomida Chempionlar ligasi doirasida 144ta o'yinda maydonga tushib, 116ta gol urgan. Guruh bosqichi doirasida esa u 73ta uchrashuvda 69ta gol muallifiga aylangan (musobaqa tarixidagi eng yaxshi natija).