
«Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutino «Real»ga qarshi uchrashuvda (1:3) jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.Braziliyalik futbolchi "el-klasiko"da 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Uning chap oyog'i son qismida lat eyish aniqlandi.«Barselona» 28 oktyabr, chorshanba kuni «Yuventus»ga qarshi Chempionlar ligasining 2-tur bahsini o'tkazadi. Koutinoning mazkur o'yindagi ishtiroki so'roq ostida turibdi. Filippe joriy mavsumda kataloniyaliklar safida barcha musobaqalar doirasida 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Fikrlar 0