
"Yuventus" klubi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Uchrashuvga bir kun qolganda turinliklar mashg'ulotida 3 nafar etakchi futbolchilar ishtirok etishmayapti. Ular — markaziy himoyachilar Leonardo Bonuchchi va Jorjo Kellini, shuningdek, hujumchi Krishtianu Ronaldu.Bonuchchi "Verona"ga qarshi o'yinda (1:1) mushagidan jarohat olgan va hozircha individual tarzda shug'ullanmoqda. Kellini o'tgan haftaning seshanba kuni jarohat olgan edi. Ronaldu esa koronavirusdan davolanmoqda.Eslatib o'tamiz, "Yuventus" - "Barselona" o'yini 28 oktyabrdan 29 oktyabrga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Fikrlar 0