[b]Kataloniya klubi o'z maydonida Praganing “Slaviya”si bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. “ Barselona” shu tariqa ECHLdagi ishtiroki davomida o'z maydonida uchinchi marta kuchli beshlik chempionati vakili bo'lmagan klub darvozasini ishg'ol qila olmadi. Jamoa bunga qadar “Benfika”ni 2012 yilda mag'lub eta olmagan (0:0). Bundan tashqari 1997 yilda Kievning “Dinamo”siga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandi.[/b] [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-527497_original.jpg[/readimg]