
«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.Germaniyalik posbonni tizzasidagi jarohat o'tgan mavsum davomida bezovta qilib keldi. Shuning uchun u 18 avgust kuni jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi. Shuningdek, himoyachi Samuel Umtiti mashg'ulotda qisman ishtirok etdi. Frantsiyalik futbolchi iyun oyidan buyon maydon tashqarisida qolayotgan edi.
Fikrlar 0