Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi EChL doirasida «Yuventus» (2:0) klubiga qarshi o'yinda belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.

Ushbu 11 metrli jarima to'pi Messining faoliyatidagi 100-penaltiga aylandi. Argentinalik hujumchi amalga oshirgan 100 penaltidan 78 tasini bexato bajargan, 21 tasida xatoga yo'l qo'ygan va bittasida Luis Suaresga pas uzatgan.

Messi faoliyatidagi birinchi penaltini 2007/08 yilgi mavsumda amalga oshirgandi.

«Yuventus» darvozasiga belgilangan 11 metrli jarima to'pi Messi uchun evrokuboklardagi 17-penalti bo'lib, ularning 14 tasini aniq amalga oshirgan.