
«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman «Alaves»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.– Birinchi bo'limda sust o'ynaganimizga qaramay, bizda gol urish uchun 3-4ta imkoniyat bo'ldi. Raqib darvozasi oldida samarali harakat qilish lozim, biz esa muvaffaqiyatli o'ynadik. Biz esa "Alaves"ga gol sovg'a qildik. Bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi.– Nima uchun Fatini zaxiraga oldingiz [78-daqiqada]?– O'tgan safar kech o'yinchi almashtirishni amalga oshirganim uchun tanqid qilgandingiz. O'yinda g'alaba qozonish uchun nimanidir o'zgartirishim kerak edi.– Frenki de Yongga nisbatan ishlatilgan qo'pollikda penalti bormidi?– Men hakamlar haqida gapirdim. Bu safar o'z fikrimni bildirmayman.
Fikrlar 0