
«Barselona» klubi prezidenti vazifasini bajaruvchi Karles Tuskets prezidentlik saylovi 25 dekabr kuni o'tkazilishini ma'lum qildi. «Biz ishchi guruhni tashkil qildik. U sog'liqni saqlash organlari bilan aloqada bo'lib turadi va saylovda ishtirok etadiganlarning xavfsizligini ta'minlashga harakat qiladi. Saylovni yaxshi tashkil etish uchun barcha moddiy-texnika va inson resurslarini ishga solamiz. Shuningdek, saylovni pochta orqali ham o'tkazishimiz mumkin», — dedi Tuskets.
Fikrlar 0