Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta saylovlarga o'z nomzodini qo'yish bo'yicha hali yakuniy qarorga kelmadi.

Shu bilan birga, u "Valensiya" klubida bosh direktor bo'lib ishlagan Mateo Alemanini "Barselona" klubida ko'rishni xohlashini yashirmadi.

Shuningdek, u himoyani kuchaytirish uchun "Bavariya" himoyachisi David Alaba bilan shartnoma imzolash ustuvor vazifalardan biri deb hisoblaydi.

Laporta «Barselona»da 2003 yildan 2010 yilgacha klubi prezidenti lavozimida ishlagan. Shu vaqt mobaynida u 4 marta Ispaniya chempionatida, 2 marta EChLda g'olib chiqqan, umumiy hisobda 12 ta sovrinni qo'lga kiritgan.