Kataloniyaning «Barselona» klubi «Benfika» hujumchisi Darvin Nunes bilan muzokaralarni boshlash arafasida turibdi.

Nunes shu yilning sentyabr oyida «Benfika» klubiga «Almeriya»dan kelib qo'shilgandi. Portugaliyaliklar futbolchining transferi uchun 24 million evro sarflagandi.

Nunes joriy mavsum «Benfika» tarkibida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta gol kiritib, 5 ta golga hammualliflik qildi.