Kataloniyaning "Barselona" klubi ustozi Ronald Kuman jamoaning sobiq bosh murabbiyi Kike Setenni Messini boshqarish qiyinligi haqida aytgan gaplariga o'z munosabatlarini bildirdi.

"Men har bir insonning fikrini hurmat qilaman. Men uchun Messi - dunyoning eng yaxshi futbolchisi, men uning ambitsiyasini va g'oliblik xarakterini ko'ryapman. Buni boshqarish men uchun qiyin emas. U jamoa sardori, men u bilan har hafta suhbatlashaman. Men bunday narsalarga Setendan boshqacha qaramayman va uning fikriga qo'shilmayman", - Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.