"Barselona" sardori Lionel Messi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida Kievning "Dinamo" klubiga qarshi o'yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi."Sky Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik futbolchi uchun kechasi bahs evrokuboklar doirasidagi 150-uchrashuv bo'ldi. Bu borada u "Liverpul" klubi sobiq futbolchisi Jeymi Karrager bilan tenglashib oldi. Messi EChLda 147ta, UEFA superkubogida 4ta o'yinda ishtirok etgan. Bu bahslarda u 121ta gol urgan. Faqat Krishtianu Ronaldu undan ko'proq gol urgan — 133ta gol.Lionel Messi joriy mavsumda 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta penaltidan unumli foydalandi.