Opta portalining ma'lumotiga qaraganda, "Barselona"ning "Dinamo" (2:1) ustidan EChL doirasida qo'lga kiritgan g'alabasi Lionel Messi uchun navbatdagi rekordni olib keldi.

Argentinalik futbolchi o'yinda penalti orqali hisobni ochd. Shu tariqa, Messi EChL tarixida guruhdagi dastlabki uchta uchrashuvning barchasida belgilangan penaltilarni aniq amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi.