Frantsiyaning «Lill» klubi futbolchisi Yusuf Yaziji Evropa Ligasining 3-tur doirasida "Milan" (3:0) klubiga qarshi Italiyada bo'lib o'tgan o'yinda uchta gol kiritdi.

23 yoshli turkiyalik futbolchi so'nggi 20 yilda «rossonerlar» darvozasiga Milanda xet-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi.

"Milan" darvozasini "San-Siro"da so'nggi marotaba 2000 yilning oktyabr oyida Rivaldo «Barselona» safida o'ynab yurgan kezlarida uch marta ishg'ol etgandi.