Kataloniya klubi va Rakuten o'zaro hamkorlikni davom ettiradi.

"Barselona" klubi matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar yangi shartnoma tuzishdi, bu shartnoma 2021/2022-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va Rakuten 2017-yildan beri hamkorlik qilib kelmoqdalar.

Rakuten "Barselona"ning bosh global hamkori hisoblanadi. Yaponiya brendi nomi 2021/2022-yilgi mavsumda asosiy jamoaning libosida aks ettiriladi.