
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida bo'lib o'tayotgan "Betis"ga qarshi bahsda penaltidan samarali foydalana olmadi. Andalusiyaliklar darvozaboni Klaudio Bravo 29 yoshli futbolchining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, Grizmann ketma-ket to'rtinchi marta penaltini golga aylantira olmadi. U avvalroq Frantsiya terma jamoasi safida 11 metrli jarima zarbasidan foydalana olmagan edi. Grizmann so'nggi marta 2019 yilning 13 yanvar kuni «Atletiko» tarkibida penaltini golga aylantirgan edi.
Fikrlar 0