Barcelona
[readimg]http://cdn.tribuna.uz/uploads/wC/nobkCob3XP3kXLJR0AQGOw3oM0qNXG_normal.jpg[/readimg]
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi yana Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish niyati borligini aytdi.
«Orzum – «Barselona» bilan sovrinlarni qo‘lga kiritishda davom etish. Bu hammamiz uchun chorlov. Agar bu musobaqada g‘alaba qozonsak, shaxsiy sovrinlar o‘z-o‘zidan kelaveradi. Har doim aytganman, shaxsiy sovrinlar – maqsadim emas.
The Best, «Oltin to‘p» yoki «Oltin butsa» men uchun chorlov emas. Eng chiroyli gol sovrini ham. Agar ularni qo‘lga kiritsam, demak hammasi joyida. Qo‘lga kiritmasam ham shunday», – deb Messi so‘zlarini keltirmoqda World Soccer.
Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona» bilan 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. So‘nggi marta 2014/15 mavsumida.
UB
Fikrlar 1
Olğa