Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, frantsiyalik mutaxassis jamoada "Inter"ning  argentinalik hujumchisi  Lautaro Martinesni ko'rmoqchi.

Manbaning qo'shimcha qilishicha, Zidan "Borussiya" hujumchisi Holanddan ko'ra Lautaro variantini maqul ko'rmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Martines xizmatiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.