Madridning «Atletiko» klubi La Liganing 9-tur doirasida «Kadis» (4:0) klubini yirik hisobda mag'lub etishdi.

Ushbu g'alabadan so'ng, "matraschilar" o'zlarining "mag'lubiyatsiz seriya"sini 23 taga etkazib olishdi.

Diego Simeone shogirdlari so'nggi marotaba 2020 yilning 1 fevral kuni Madridning «Real» (0:1) klubiga imkoniyatni boy bergandi.

"Atletiko" 23 ta uchrashuvning 14 tasi g'alaba qozongan bo'lsa, 9 ta uchrashuvda durang o'ynadi.

23 ta o'yinni mag'lubiyat o'tkazish – La Liga tarixidagi to'rtinchi ko'rsatkich sanaladi: «Barselona» (43 ta uchrashuv 2017-2018 yil), «Real Sosedad» (38 uchrashuv, 1979-1980) va «Real Madrid» (31 uchrashuv, 1988-1989).

«Atletiko» keyingi tur o'yinini o'z maydonida 21 noyabr kuni Kataloniyaning "Barselona" klubiga qarshi o'tkazadi.