
«Barselona» hujumchisi Ansu Fati 9 noyabr, dushanba kuni operatsiya qilindi. "Betis"ga qarshi o'yinda 18 yoshli futbolchining chap tizzasidagi payi uzilgan edi. Unig tiklanishi uchun taxminan 4 oy kerak bo'ladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.Fati «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u "Barsa" safida barcha musobaqalar doirasida 10ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.
Fikrlar 0