«Barselona» klubi «PSJ» hujumchisi Neymar ustidan sudga murojaat qilmoqchi. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" braziliyalik futbolchidan 10 mln evrodan ortiqroq pul undirishmoqchi. «Barselona» sobiq prezidenti Xosepa Bartomeu iste'foga chiqqach, klub moliyaviy audit o'tkazdi. Buning natijasida kataloniyaliklar 2015 yilda Neymarga 10,2 million evro miqdorida noqonuniy pul to'lashgan. Jamoa ushbu pulni sud orqali qaytarib qolmoqchi.Ispaniya soliq xizmati tasdiqlashicha, futbolchi yuqorida summani qonunga xilof ravishda olgan. Pul sud orqali undirilgan taqdirda uning katta qismi davlatga o'tkaziladi. Chunki Neymar Ispaniya soliq xizmatidan qarzdor hisoblanadi.