Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidentligiga nomzod Xaver Vilajoana jamoa sardori Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

«Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi va u shunday qoladi. Birinchi, men nima qilaman, o'tiraman va uni tinglayman. Uning so'zlariga qarab men taklif bildiraman.

O'ylaymanki, keyingi harakatlar haqida gapirishdan oldin, bu savolni birinchi qo'ldan bilish muhimdir», – dedi Vilajoana.