Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino jarohatidan forig' bo'ldi va mashg'ulotlarga qaytdi.

TMW portalining yozishiga qaraganda, braziliyalik futbolchi La Liga doirasida "Atletiko" va EChL doirasida "Yuventus" klublariga qarshi o'yinlarda maydonga tushishi kutilmoqda.

Koutino Madridning "Real" klubiga qarshi o'yinda jarohat olgandi va 3 haftaga safdan chiqqandi.