"Barselona" qishki transfer paytida markaziy himoyachi xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar yanvar oyida arzon futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. "Ko'k-anorranglilar"ning short-listidan "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger, "Arsenal" a'zosi Shkodran Mustafi va "Liverpul" futbolchisi Joel Matip o'rin olishgan.Eslatib o'tamiz, "Barsa" ayni paytda moliyaviy muammolarni boshidan kechirayotgani uchun katta transferga qo'l ura olmaydi.