"Barcelona" hujumchi Martin Breytueyt bilan xayrlashmoqchi.

Xabar qilinishicha, Kataloniya klubi hujumchini yanvar oyida sotmoqchi. Premer-liga klublari futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha "Vest Xem", "Vest Bromvich" va "Lids" jamoalari daniyalik futbolchini transfer qilishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Breytueytning "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilda nihoyasiga etadi.