
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Argentinadan qaytganidan keyin Ispaniya soliq xizmati tomonidan jarimaga tortildi."Marca" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi shaxsiy samolyotda qaytib kelishi bilan uning yoniga soliq xizmatining 5 nafar xodimi kelgan va jarima yozib berishgan. "Men 15 soat davomida parvozda bo'ldim. Shundan so'ng meni soliqchilar kutib olishdi va savollar berishdi. Qandaydir ahmoqlik", - dedi Messi.33 yoshli Messi joriy mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalar doirasida 10ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar 0