Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman Lionel Messining kelajagi haqida fikr bildirdi.

Messining «Manchester Siti»ga o'tishi haqida:

«Men uni «Barselona»dan boshqa klubda tasavvur qila olmayman. Bu savolga boshqa javob qaytarishni istamayman».

Messining kelajagi haqida:

«Shartnoma bo'yicha u yana bir yil tarkibimizda bo'ladi. Hozircha uning kelajagi shunday. Umid qilamanki, u jamoamizda qoladi. Men Leoning qarorini o'zgartirishga harakat qiladigan inson emasman. Voqealar rivojini kuzatamiz. U hali «Barselona» futbolchisi, – dedi Kuman.