Ispaniyaning Sport nashri tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Usmon Dembele qishki transfer bozorida jamoani tark etishga qaror qildi.

23 yoshli frantsiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Chunki, u jamoada muhim rol o'ynaydigan klubga o'tish niyatida.

Xabarda aytilishicha, «Manchester Yunayted» qishda Dembeleni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Frantsiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 5 ta uchrashuv o'tkazib, bitta gol kiritishga erishdi.