Ispaniya chempionati 10-turidan o'rin olgan markaziy bahsda «Atletiko» o'z uyida «Barselona» ustidan g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga Karrasko mualliflik qildi.

«Atletiko» ochkolarini 20taga etkazib, 2-o'ringa ko'tarildi. «Barselona» esa 11 ochko bilan 10-pog'onani band etgan. 

La Liga, 10-tur

Atletiko – Barselona 1:0

21 noyabr, «Vanda Metropolitano»

Gol: Karrasko (45+3).

Atletiko – Oblak, Tripper, Ermoso, Savich, Ximenes, Saul, Karrasko (Felipe, 90+1), Felish (Lemar, 84), Lorente (Kosta, 73), Korrea (Kondogbia, 84), Koke. 

Barselona – ter Stegen, Pike (Dest, 62), Langle, Alba, Roberto, Pyanich (Breytueyt, 83), de Yong, Pedri (Koutino, 57), Dembele, Grizmann (Trinkau, 83), Messi.

Ogohlantirishlar: Koke (9), Karrasko (26).