Kataloniyaning "Barselona" klubi rasmiy sayti tarqatgan ma'lumotga qaraganda, La Liganing 10-tur doirasida Madridning "Atletiko" (0:1) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda frantsiyalik futbolchi Usmon Dembele elkasidan jarohat olgandi.

Dembele tibbiy tekshiruvdan o'tdi va bir oyga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.

Endi EChL doirasida Kievning "Dinamo" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan bahsda Serj Roberto, Jerar Pike, Usmon Dembele va Serxio Busketslar "Barselona"ga yordam bera olishmaydi.