«Barselona» Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasida Kievda "Dinamo" klubi mehmoni bo'ladi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman mazkur o'yin uchun 19 nafar futbolchini qaydnomaga kiritdi. "Ko'k-anorranglilar" sardori Lionel Messi kengaytirilgan tarkibdan o'rin olmadi. Murabbiy, shuningdek, Frenki de Yongga ham dam berishga qaror qildi. Bundan tashqari, Jerar Pike, Serxio Buskets, Serji Roberto, Ansu Fati jarohat tufayli ertangi bahsni o'tkazib yuborishadi. Aksincha, "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgani aytilgan Usmon Dembele jamoa bilan Kievga yo'l oladigan bo'ldi.

The squad for #DynamoBarça! ???????????? pic.twitter.com/LDzHAjXAPE

— FC Barcelona (@FCBarcelona) November 23, 2020