«Barselona» forvardi o'zi to'g'risida bo'layotgan gap so'zlardan charchadi.

«Hozir klubda umummuammo vujudga kelgan. Unda bir futbolchini ayblash xato. Menga turli tanqidlar yog'dirishayotganiga qarshiman. Bu erda sochim bahona bo'la olmaydi. Men ularni kesishni xohlamayman. Chunki bu farzandlarimga yoqadi. Messi bilan ham munosabatlarimiz yaxshi», - deydi frantsiyalik forvard.

Bungacha Messi hamda Grizmann o'rtasida ancha shov-shuvli mish-mishlar tarqalgan edi. Lekin argentinalik yulduz bularning barchasini inkor etib, Grizmann bilan aloqalari yaxshi ekanligini ta'kidlab o'tdi.