Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Alvaro Morata EChL doirasida «Ferentsvarosh» klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda raqib o'yin uslubini tanqid qildi.

«Bugungi o'yin qiyin kechdi, lekin EChLda har bir o'yin shunaqa kechadi. Bugun omadimiz keldi va yakunda g'alaba qozondik.

Bu o'yin xuddi 20 yil avvalgi futboldek tuyuldi. «Ferentsvarosh» faqat himoyaga yotib oldi.

EChLdagi har bir uchrashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega va bu erda faqat himoyalanish emas, hujum ham qilish kerak. Har bir jamoa xavf tug'dirishi mumkin, shuning uchun g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Endi guruhda birinchi o'rinni «Barselona»dan torib olishga harakat qilamiz, – dedi Morata.