Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq hujumchisi Diego Maradonaning vafotiga munosabat bildirdi.

«Barchasi uchun rahmat, Diego», – deb yoziladi klubning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.

Maradona kataloniyaliklar safida 1982 yildan 1984 yilgacha to'p surgan. U "Barselona" bilan Ispaniya Kubogi, Ispaniya Liga Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan. La Liga doirasida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol kiritgan.

Thank you for everything, Diego pic.twitter.com/bJ9l3ixY7A

— FC Barcelona (@FCBarcelona) November 25, 2020