Kataloniyaning «Barselona» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi hayotdan ko'z yumgan Diego Maradona haqida fikr bildirdi.

«Bu argentinaliklar va futbol uchun og'ir kun. U ketdi, lekin biz bilan qoladi, chunki Diego abadiydir.

U bilan birga o'tkazgan ajoyib damlarni doim eslayman. Oilasiga va do'stlariga hamdardligimni bildiraman», – deb post qoldirdi Messi o'zining "Instagram"dagi sahifasida.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Leo Messi (@leomessi)